Torres ingliz tilini o‘rgana boshladi
"Vilyarreal" klubi himoyachisi Pau Torres ingliz tilini o‘rganishni boshladi. Bu haqda Daily Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi “Manchester Siti”ning taklifiga rozilik bildirmoqchi. Unga shuningdek, “Barselona”dan ham qiziqishlar bor.
Torres joriy mavsum “sariq suv osti kemasi”da jami 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar