
Torres qishda "Atletiko"dan ketmoqchi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Fernando Torres yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘ida jamoadan ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar tarqatdi.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 33 yoshli ispaniyalik futbolchining bunday qarorga kelishiga uning “matraschilar” safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sabab bo‘lmoqda. Torres ayni damda Xitoy va AQSh klublaridan bo‘layotgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlash lozimki, yanvardan boshlab “Chelsi”dan qaytarib olingan Diego Kosta ham tarkibga qo‘shiladi. Bu holatda esa Torresning tarkibga kirishi yanada qiyinlashadi.
Ma’lumot uchun, Torres joriy mavsum La Liganing jami 6ta uchrashuvida (asosiy tarkibda1 marta) maydonga tushdi. Uning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi esa 2018 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar