
To‘rt ayiq boks bo‘yicha jahon chempionati timsoli ekanligini bilasizmi?
Har bir nufuzli musobaqaning jumladan, qit’a birinchiligi, jahon chempionati va Olimpiada o‘yinlarining o‘ziga hos timsoli bo‘ladi. Ekaterinburgda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatiga rus xalqi uchun sevimli bo‘lgan jonivor tanlangan. Ushbu diyorda ayiqqa o‘zgacha mehr berishadi. Mazkur boks mundialiga ham talisman sifatida to‘rtta ayiq tanlangan. Ularning birinchisi aqlli, ikkinchisi dangasa, uchinchisi chaqaloq va so‘ngisi murabbiy sifatidagi ramziy ma’noga ega.
Fikrlar