To‘rt himoyachi ketadi, o‘rniga bitta zo‘rini olamiz!

  • 21.07.2026 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Kristal Pэlas” himoyachisi Maksans Lakrua kelasi mavsum boshlangunga qadar Angliya Premier-ligasining boshqa vakili “Chelsi”ga o‘tishi mumkin.

Sky Sports nashri ma’lumotiga koʻra, “aristokratlar” Frantsiya milliy terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma borasida muzokara olib bormoqda.

Manbaning yozishicha, “Kristal Pэlas” Lakrua uchun “Tottenxem” bu yozda “Brayton”dan markaziy himoyachi Yan Paul van Xekkeni sotib olish uchun to‘lagan 65 million evrodan koʻproq mablag‘ talab qilmoqda.

“Chelsi” esa jismonan baquvvat hamda Angliya Premier-ligasida oʻynash tajribasiga ega boʻlgan himoyachini izlamoqda.

Jamoani tark etishi mumkin boʻlgan futbolchilar sifatida Trevo Chaloba, Benoa Bad’ashil, Malo Gusto va Aksel Disasi tilga olinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!