To‘rt nafar kurashchimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Ozarbayjon poytaxtida kechayotgan sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionatining ortda qolgan kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Hamyurtlarimiz unda 2 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Kumush medal:
-55 kg: Jahongir To‘lqunov
-65 kg: Shohiddin Aliev
Bronza medal:
-48 kg: Farruh Mahmudov
-110 kg: Behruz Ashirov
Bugun turnirning songgi kunida 3 nafar erkin kurashchimiz bronza medali uchun yurishni davom ettirishadi.
-45 kg: Muhammad Rahimjonov / Abdunazar Batirkanov (Qirg‘iziston) — Lasha Dotiashvili (Gruziya)
-60 kg: Bekzodbek Ibrohimov / Vitold Pavlik (Polsha) — Mikita Kuzmenko (Ukraina)
-71 kg: Jaloliddin Jalolov / Kemrin Howard (AQSh) — Adilet Risbay (Qozog‘iston)
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar