To‘rt nafar shaxmatchimiz yakkalik bahslarida oltin medalga da’vogar bo‘lib turibdi!

  • 27.09.2026 13:07
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shaxmat olimpiadasida jamoaviy natijadan tashqari har bir doska kesimida individual sovrinlar ham o‘ynaladi. Shaxmatchilar ko‘rsatgan performans (shaxmatchining kuchi) asosida 5 ta doska bo‘yicha oltin, kumush va bronza medallari beriladi.

Hozirda 4 nafar shaxmatchimiz o‘z doskasida oltin medal uchun kurashmoqda.

Nodirbek Abdusattorov 2900 performans bilan 1-doskada oltin medalga yaqin. Agar u bugun g‘alaba qo‘zonsa, ilk bor yakkalik bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritadi. Bungacha Nodirbek 2022 va 2024-yillardagi olimpiadada Gukeshdan ortda qolib, 2 marta kumush medal olgan edi.

O‘zbekiston-3 jamoasi tarkibida zahira o‘yinchisi (5-doska) sifatida qaydnomaga kiritilgan Asrorjon Omonov esa Shaxmat olimpiadasidagi barcha shaxmatchilar ichida eng yuqori performansni qayd etib turidbi. U 7 ta bahsning barchasida g‘alaba qo‘zondi va hozir 2976 performansni qayd etmoqda, bu aqlga sig‘mas darajada yuqori natija!

Javohir Sindarov 2-doskada, Nodirbek Yakubbaev esa 3-doskada 2-o‘rinda turishibdi. Sindarovning 1-o‘ringa ko‘tarilishi juda qiyin, lekin Nodirbek Yakubbaevda oltin medal uchun imkoniyat bor. Buning uchun u bugun g‘alaba qo‘zonishi, Germaniya vakili Frederik Svane esa yuta olmasligi kerak.

Ma’lumot uchun, performans — shaxmatchining aynan shu turnirda qaysi reyting darajasida o‘ynaganini ko‘rsatadi.

Masalan, Asrorjon Omonovning reytingi 2347, lekin u shu turnirda huddi 2976 reytingga ega shaxmatchidek kuchli o‘ynamoqda. Bu qanaqa katta reytingligini tushunishingiz uchun, hatto Magnus Karlsen ham hech qachon 2900 reytingga chiqa olmagan, uning eng yuqori natijasi 2882 reyting bo‘lgan. Nazariy jihatdan, Asrorjon Omonov ushbu turnirda Magnusning eng kuchli davrdagi holatidan ham kuchliroq o‘ynamoqda (albatta, bu biroz noto‘g‘ri solishtirish, chunki raqiblarning kuchiga ham ko‘p narsa bog‘liq).

Manba: Xushnudbek Xudoyberdievning telegram kanali

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!