Toshkent Jahon kubogiga mezbonlik qiladi

27-29-mart kunlari Toshkent qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichini qabul qiladi. Ayollar o‘rtasida tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli sablyachilari jam bo‘lishadi.

Bellashuvlar “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilishi rejalashtirilgan. Dasturga ko‘ra, 27-28-mart kunlari yakkalik, 29-mart kuni esa jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!