Toshkent yana bir katta yig‘inga mezbonlik qilmoqda

  • 20.11.2025 22:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

15 noyabrdan 30 noyabrgacha poytaxtimiz Toshkent, o‘zida xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini tashkil etmoqda. Bu safar yig‘inga Qozog‘istonning birinchi va ikkinchi raqamli bokschilari, Tunis vakillari va Qirg‘izistonlik sportchilar tashrif buyurishgan. 

Mashg‘ulotlar Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi zalida hamda, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu yig‘inda terma jamoalar o‘zaro bilim va ko‘nikmalar bilan bo‘lishib, oldinda turgan muhim musobaqalarga tayyorgarlikni olib borishmoqda. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!