Toshkentda "FIFA Arena" loyihasining ijrosi amalda

  • 08.05.2026 11:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahridagi 90-sonli maktabda “FIFA Arena” loyihasi doirasida yangi futbol maydoni qurilishiga start berildi.

Tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari ishtirok etib, mamlakatimizda bolalar futboliga alohida eʼtibor qaratilayotgani, yurtboshimizning futbol va sportga bo‘lgan g‘amxo‘rligi sababli yurtimizga ulkan loyihalar kirib kelayotgani taʼkidlandi.

“Futbolga ilk qadam, albatta, maktabdan boshlanadi. Bunday og‘ir ahvoldagi maydonda futbol o‘ynash xavfsiz emas. Bu masala juda ko‘p tahlil qilindi va 90-maktab tanlangani bejiz emas. Davlatimiz rahbariga hamda FIFA prezidentiga katta rahmat aytamiz. "FIFA Arena" loyihasining O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirilishi sizlar uchun ulkan imkoniyatdir. Kelgusida O‘zbekistonning yana bir qator maktablarida zamonaviy futbol maydonlari qurilishi rejalashtirilgan. Futbolchi bo‘laman degan o‘gil-qizlar uchun barcha sharoitlarni yaratishda qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, — Ravshan Irmatov.

Loyiha yoshlar o‘rtasida futbolni rivojlantirish hamda zamonaviy sport infratuzilmasini yaratishga xizmat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!