
Toshkentda porlagan Margarita chorak finalga chiqa olmadi
Rossiyalik tennischi Margarita Gasparyan "Nature Valley Classic" musobaqasidagi ishtirokini ikkinchi davrada yakunlashga majbur bo‘ldi.
Margarita ushbu bosqichda xorvatiyalik Petra Martichga qarshi kortga chiqib, yakunda 3:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Birmingem shahrida o‘tayotgan turnirning chorak finaliga chiqqan Martich endi latviyalik Elena Ostapenko bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar