Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

Toshkentda yana bir katta musobaqa!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Suratlarni tomosha qiling!

Bugun, 15 fevral kuni "Cambridge International School"da maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tdi. Turnirda Toshkent shahridan 47 maktabdan, 200ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi. Musobaqa vaqt nazorati bo‘yicha 3+2 ko‘rinishida 9 turdan iborat tarzda o‘tkazildi.

G‘oliblar:

1. Ashikmamutov Saidxon
2. Yusupov Suxrob
3. Abdulazizov Asilbek

Maktablar o‘rtasida esa g‘oliblikni "Leader" qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "New Tone" ikkinchi pog‘onani egalladi va "Wisdom" esa kuchli uchlikka yakun yasadi. 

Ushbu havola orqali natijalar bilan tanishishingiz mumkin: 

https://chess-results.com/tnr1118040.aspx?lan=1&art=4&turdet=YES&flag=30

Quyida suratlarni tomosha qiling:

CIS академия

1 / 31
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q