Toshkentda yangi xokkey klubi tashkil etildi
O‘zbek xokkey oilasi yana bittaga kengaydi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining - MVSK jamoasi tashkil etildi. Kecha esa poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena" muz saroyida yangi klubning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yangi jamoa o‘zining ilk o‘rtoqlik bahsini "Humo" faxriylariga qarshi o‘tkazdi. O‘zbekiston xokkey federatsiyasi Bosh kotibi Shukur Karimov, O‘XV vitse-prezidenti va "Humo" jamoasi direktori Kirill Matveev, "Humo" bosh menejeri Normunds Seyeys kabi faxriylar ham muzda ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi.
Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida "armiyachilar" g‘alaba qozonishdi, bullitlar seriyasida esa "Humo" faxriylari ustun kelishdi.
Shuningdek, uchrashuv oldidan Toshkentdagi 21-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga barcha anjomlarga ega bo‘lgan xokkey ekipirovkasi topshirildi.


Fikrlar