“Tottenxem” APLda qolsa-qolmasa, uchta yulduz ketadi

  • 07.03.2026 05:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kuchli tarkib jamlaganiga qaramay, Angliya Premier-ligasida qolish uchun kurashayotgan “Tottenxem” yozgi transferlar oynasi davrida yetakchi o‘yinchilarini yo‘qotishi kutilmoqda.

Hozir qiyin davrni boshdan kechirayotgan londonliklar quyi ligaga tushib ketish zonasidan atigi bir ochko oldinda bormoqda. The Touchline nashri xabariga ko‘ra, agar jamoa Premier-ligadan tushib ketsa, boshqa klublar jamoaning yetakchi o‘yinchilarini olib ketadi.

Shu bilan birga, uchta yulduz futbolchi jamoa APLda qolish-qolmasligidan qat’i nazar, bu yozda “Tottenxem”ni tark etishga qaror qilgan.

Himoyachilardan Kristian Romero va Mikki van de Ven hamda hujumchi Risharlison “Tottenxem”dan ketishni mo‘ljallayapti. Bu o‘yinchilarning har biriga bir nechta dan xaridor bor.

24 yoshli Mikki van de Venning transfer bahosi 65 million yevro tashkil qilsa, 27 yoshli Romero 60 million yevroga baholangan. 28 yoshli Risharlisonni oladigan klublar 28 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!