"Tottenxem" bir yarim yildan beri o'ynamayotgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Londonning «Tottenxem» klubi rahbariyati so‘nggi bir yarim yildan beri maydonga tushmayotgan shved yarimhimoyachisi Deyan Kulushevski bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor ekani xabar qilinmoqda.
Football Insider nashri ma’lumoticha, londonliklar 26 yoshli futbolchi bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish masalasini muhokama qilishga tayyor. Kulushevski oxirgi marta 2025 yil may oyida rasmiy o‘yinda maydonga tushgan.
Hozirgi shartnomasiga ko‘ra, shved futbolchisi «shporlar» tarkibida 2028 yil yozigacha qolishi kerak. Undan avval yarimhimoyachi Italiya A Seriyasida «Yuventus», «Atalanta» va «Parma» jamoalari sharafini himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Deyan Kulushevski tizzasidan olgan jarohati ortidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Shved futbolchisi allaqachon jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytgan va yaqin vaqt ichida rasmiy uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Fikrlar