"Tottenxem" bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Risharlison haqida fikr bildirdi

  • 10.04.2026 13:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem Hotspur" bosh murabbiyi Roberto De Zerbi jamoa hujumchisi Risharlison haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, Risharlison turli pozitsiyalarda oʻynay oladi va jamoa uchun muhim futbolchi hisoblanadi. Murabbiy uning shaxsiyati va maydondagi harakatlarini yuqori baholadi.

"Risharlison turli pozitsiyalarda oʻynay oladi. U yaxshi inson, halol va toza ruhiyatga ega futbolchi. Men uning oʻyin uslubi, ruhiyati va yondashuvini yoqtiraman. Hujum chizigʻida biz turli futbolchilardan foydalanishimiz mumkin, ammo menimcha, maqsadimizga erishish uchun Risharlison eng yaxshi holatda boʻlishi kerak", — dedi De Zerbi "NBC Sports" nashriga bergan izohida.

Joriy mavsumda 28 yoshli Risharlison barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi boʻldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!