"Tottenxem" bugun yana bir futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor

"Tottenxem" yarim himoyachisi Viktor Vanyama yaqin vaqtlar ichida klub tarkibini tark etishi mumkin.

"Shporlar" 28 yoshli futbolchi bilan transfer oynasi yopilgunicha xayrlashishiga tayyor. Futbolchining o‘zi ham ko‘proq o‘yin amaliyoti olishi mumkin bo‘lgan klubga o‘tish rejasiga qarshi emas. Keniyalik futbolchiga "Bayer", "Fiorentina", Strasbur" va "Renn" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda yarim himoyachi "Tottenxem" libosida APL bahslarida 2 ta o‘yinda 12 minut harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, londonliklar tarkibini qanot himoyachisi Denni Rouz tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!