Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Tottenxem"da katta yo'qotish

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Murabbiy ma'lumotlarni tasdiqladi

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi jamoa himoyachilari Mikki van de Ven va Pedro Porro yangi mavsumdagi ilk «Brentford»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

«Mikki ertaga rostdan ham ro‘yxatda bo‘lmaydi, huddi shu narsa Pedro Porroga ham taalluqli», – deya de Dzerbining so‘zlarini keltiradi Metro nashri.

Van de Ven Avstraliyadagi mavsumoldi yig‘inda olgan kichik jarohatidan so‘ng allaqachon jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytgan. De Dzerbiga ko‘ra, jarohat jiddiy emas, ammo klub himoyachi sog‘ligi bilan xatarga borishni istamayapti.

Porroning nega maydonga tushmasligi borasida aniq ma’lumot berilmagan. Ayrim manbalarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi jahon chempionatidan keyin mashg‘ulotlarga kechroq qaytgani sababli tiklanish uchun qo‘shimcha vaqt olgan bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida Porro o‘rnini Archi Grey to‘ldirishi kutilmoqda. «Inter»ga Jed Spens sotilganidan keyin Pedro Porro jamoadagi yagona tabiiy o‘ng qanot himoyachisi sifatida qolgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q