
"Tottenxem" Eriksenni 50 mln funt evaziga qo‘yib yuborishi mumkin
Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Evropada yozgi transferlar oynasi rasman yopilgunicha o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” garchi daniyalik futbolchining shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etishiga qaramay uni qo‘yib yuborishmoqchi emas. Biroq, agar uning transferi bo‘yicha 50 mln funtlik taklif bildirilsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 27 yoshli Eriksenning o‘zi “Real”, “Barselona” yoki “Yuventus” klublaridan biriga o‘tmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga esa “Atletiko” ham xaridor bo‘lmoqda.
Fikrlar