"Tottenxem" etakchilaridan biri "Arsenal"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • 11.07.2020 15:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Dele Alli “Arsenal”ga qarshi bo‘ladigan London derbisini o‘tkazib yuboradi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi orqa son mushaklarida hamon og‘riq his qilyapti. U aynan mana shu sabab “Everton” va “Bornmut”ga qarshi o‘yinda ham ishtirok etolmagan edi.

Himoyachi Jafet Tanganga va hujumchi Troy Perrott esa sog‘ayib safga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenxem» – «Arsenal» uchrashuvi ertaga 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!