"Tottenxem" futbolchisi o‘z jamoadoshini haqorat qilgani uchun 7 ta bahsga chetlashtirildi

  • 18 noyabr, 2024, 16:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbol assotsiatsiyasi "Tottenxem" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur 7 ta bahsga diskvalifikatsiya qilinganini e’lon qildi. Shuningdek, futbolchi OAVga bergan intervyusidagi qoidalarni buzgani uchun 100 ming funt sterling jarimaga tortildi.

Tecno

Rodrigo bu ayblovni rad etdi. Biroq, mustaqil tartibga soluvchi komissiya tinglovdan so‘ng sanktsiyalar qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Yozda xavbek Urugvay teleko‘rsatuvida boshlovchiga hazillashib javob bergan edi. U o‘zining klubdoshi Son Xin Min haqida quyidagilarni aytgan edi:

- Sonning futbolkasimi? Bu Sonning amakivachchasiniki bo‘lishi ham mumkin. Ularning hammasi bir xil ko‘rinadi.

Internetda mazkur video e’lon qilinganidan so‘ng, bu so‘zlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Futbolchining o‘zi esa ijtimoiy tarmoqlarda jamoadoshidan kechirim so‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!