"Tottenxem" futbolchisi yangi mavsumni Italiyada boshlaydigan ko‘rinadi

  • 24.04.2020 15:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" klubi o‘ng qanot himoyachisi Serj Ore yangi mavsumni Italiya A Seriyasida boshlashi mumkin.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli ivuarlik futbolchini "Milan" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. O‘z navbatida “shporlar” ham uni sotishga tayyor. Endi faqatgina “rossonerilar” futbolchi bilan kelishuvga erisha olishsa bas.

Ore joriy mavsum Angliya premer-ligasida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning transferi esa 16 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!