"Tottenxem" futbolchisini yo‘qotishi mumkin
«Tottenxem» jamoasining markaziy yarim himoyachisi Pap Matar Sarr yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Bu haqida CaughtOffside nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli Senegal terma jamoasi a’zosi jamoada qolish masalasini jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda.
Bunga sabab sifatida «Tottenxem» tomonidan Mateush Fernandesh va Sandro Tonali bilan shartnoma imzolangani ko‘rsatilmoqda. Yangi transferlar markaziy zonada raqobatni keskin oshirib yuborgani aytilmoqda.
Xabarga ko‘ra, londonliklar Sarr bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, ammo hozircha klub manziliga rasmiy takliflar kelib tushmagan. Shu bilan birga, futbolchiga «Brentford», «Aston Villa» hamda Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubi qiziqish bildirmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Tottenxem» Sarrni taxminan 58,5 million yevro atrofidagi summa evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Pap Matar Sarr barcha musobaqalar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar