«Tottenxem» himoyachisi «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin
«Tottenxem» va Angliya terma jamoasi himoyachisi Jed Spens atrofidagi qiziqish tobora ortayapti. Yosh futbolchiga nisbatan e'tibor, ayniqsa, yetakchi klublar tomonidan kuchaygan.
TEAMtalk nashri yozishicha, Spens uchun kurashga endi «Manchester Yunayted» ham qo‘shildi. «Qizil iblislar» yozgi transfer oynasi yopilguncha himoyachini sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif kiritishga tayyor ekani xabar qilinmoqda.
Jed Spens 2022 yili «Midslbro» klubidan «Tottenxem» safiga 14 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yildagi mavsumda himoyachi «shporlar» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 44 ta o‘yin o‘tkazdi. Shu bilan birga, u gol yoki golli pas bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali Spensning bozor qiymatini 30 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar