"Tottenxem" La Ligadan futbolchi olib kelishga yaqin turipti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning "Tottenxem" klubi "Betis" yarim ximoyachisi Jovanni Lo Chelsoni sotib olishga yaqin turipti.

23 yoshli argentinalik futbolchi "Betis" bilan Meksika yig‘iniga bormadi. Uning o‘rniga jamoaga yangi kelgan Nabil Fekir olib ketilgan. Bu Lo Chelsoning jamoadan ketishi bilan bog‘liq, deb xabar qilinmoqda.

betis

Ma’lumotlarga qaraganda futbolchiga "Tottenxem" asosiy davogar bo‘lib turipti.

So‘nggi mavsumda argentinalik "Betis" safida, barcha turnirlarda 46 bor maydonga tushib, 16 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!