
"Tottenxem" "Liverpul"ning ortidan quvishda davom etmoqda (video)
Angliya premer-ligasining 36-turida “Tottenxem” o‘z mayonida “Vulverxempton”ni qabul qildi.
Londondagi bellashuvda Xarri Keyn (45') va Per-Emil Xeyberg (62') tomonidan kiritilgan gollar “shporlar”ning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasini ta’minladi. Ushbu o‘yindan so‘ng “Tottenxem” APL musobaqa jadvalida 59 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, “Vulverxempton” 45 ochkosi bilan 12-o‘rinda qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar