"Tottenxem" Lorisga o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Bornmut" klubi darvozaboni Aaron Ramsdeyl "Tottenxem"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Express nashrining ma’lum qilishicha "shporlar" 21 yoshli angliyalik posbonning transferini tez orada hal qilishmoqchi. Shu o‘rinda Aaronga "Chelsi" ham xaridor bo‘layotganini aytish lozim.
Aaron Ramsdeyl joriy mavsum "Bornmut" safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 44 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning transferi esa 14 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar