
"Tottenxem" Madrid klubidan futbolchidan xarid qiladi
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Futbolchi "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda "Manchester Evening Standart" nashri xabar berdi.
Londonliklar 29 yoshli darvozabonni 35 yoshli Ugo Lorisga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Frantsiyalik kiperning shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.
"Tottenxem" Oblak borasida "Manchester Yunayted" bilan raqobatlasha olishiga ishonchi komil. Boisi, mankunianliklar David de Xea bilan xayrlashmoqchi va uning o‘rniga sloveniyalik posbonni xarid qilishni mo‘ljallamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yan Oblakning shartnomasida tovon puli 120 million evroni tashkil etadi. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar