
"Tottenxem" "Milan" forvardiga bo‘lgan qiziqishini tikladi
"Tottenxem" jarohat olgan hujumchisi Xarri Keyn o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha ishlashda davom etmoqda.
London klubining vakillari "Milan" forvardi Kshishtof Piontek transferi bo‘yicha milanliklarning rasmiylari bilan muzokaralarni boshlashdi.
Avvalroq, "shporlar" polshalik forvardni ijaraga olmoqchi bo‘lishdi va rad javobini olishdi. Keyinchalik, 24 yoshli futbolchi uchun 2 futbolchini berishni taklif qilgandi va yana rad javobini olgandi.
"Rossonerilar" bir yil avval "Jenoa"dan 35 mln evro evaziga sotib olgan futbolchisi uchun 28-30 mln evro so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Piontek A Seriyaining so‘nggi 3 ta bahsini zahirada o‘tkazdi. U faqat Italiya kubogi doirasida kechgan SPAL (3:0) ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi.
Kuni kecha, joriy mavsum 18 ta bellashuvda 4 ta gol urgan forvardning agenti "Milan" rasmiylari bilan uchrashib, mijozining kelajagi borasida gaplashib oldi.
Fikrlar