“Tottenxem” qariyib bir yarim asrda xavfli zonaga kirib qoldi
Angliya Premier-ligasining 32-turi “Vest Xem” va “Vulverxempton” boshlab berdi. Autsayderlarning o‘zaro bahsi 4:0 hisobida “bolg‘aurarlar” foydasiga hal bo‘ldi.
“Vest Xem” yirik hisobdagi g‘alabadan keyin ochkolari sonini 32 taga yetkazib, musobaqa jadvalida bir pog‘ona yuqoriladi. Bu jamoadan bir qator tepada turgan “Tottenxem” esa, 18-o‘ringa tushdi va 144 yil davomida birinchi marotaba xavfli zonaga tushib qoldi.
Ta’kidlash joizki, bu mavsum “Tottenxem” kuchli tarkibga ega bo‘lishiga qaramay, ligada jon saqlab qolish uchun kurashishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Natijalar pastligi tufayli klub rahbariyati bir necha marotaba murabbiy almashtirdi. Xususan, mavsum davomida Tomas Frank va Igor Tudor ishdan olindi. 31 mart kuni jamoani taniqli murabbiy Roberto de Dzerbi qabul qilib oldi.
Roberto De Dzerbining zimmasiga jamoani Premier-ligada olib qolish va keyingi mavsumlarda yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan tarkib shakllantirish vazifasi yuklandi.
Fikrlar