“Tottenxem” raqibga futbolchi bermadi

  • 31.08.2026 14:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem” rahbariyati avstriyalik himoyachi Kevin Dansoni ijaraga olish bo‘yicha Premier-liga vakili “Sanderlend”ning taklifini rad etdi.

Premier-liganing birinchi turida “Brentford”ga qarshi o‘yinda bir daqiqa ham maydonga tushmagan Danso Liga kubogining ikkinchi raundida “Charlton”ga qarshi uchrashuvda ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushish bilan cheklandi.

Yan Paul van Xekke va Markos Senesi kelganidan keyin “Tottenxem” himoya markazida raqobat yanada kuchaydi. “Sanderlend” esa bundan foydalanib, Dansoni 2026/2027 yildgi  mavsum davomida ijaraga olishga tayyorligini bildirdi.

Biroq BBC xabar berishicha, “Tottenxem” 27 yoshli avstriyalik futbolchi bo‘yicha “qora mushuklar”ning taklifini rad etgan.

Danso o‘tgan mavsumda Premier-ligada 24 ta uchrashuvda ishtirok etgan, shundan 17 tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!