"Tottenxem" stadioni super boks oqshomiga mezbonlik qiladi

  • 13.02.2026 21:42
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Buyuk Britaniyalik WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring va IBF sobiq  chempioni Tayson Fyuri hamda rossiyalik bokschi Arslanbek Mahmudov "Tottenxem Xotspur" stadionida o‘zaro jang o‘tkazadi.

London klubi stadionidagi to‘qnashuv 11 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Arslanbek Mahmudov oxirgi jangida britaniyalik Devid Allen ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan. Fyurining so‘nggi ikkita jangi esa Aleksandr Usikka qarshi bo‘lib o‘tgan va har ikkisida ham Tayson ochkolar evaziga mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!