“Tottenxem” yana bir supertransferga qo‘l urmoqda

  • 06.08.2026 11:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsum oldidan tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirib borayotgan “Tottenxem” hujum chizig‘i uchun Turkiyaning «Galatasaroy» klubi hujumchisi Viktor Osimxenni oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqmoqda.

Bosh murabbiy Roberto De Dzerbi yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar yana ikki nafar hujumchi bilan shartnoma tuzishni istashini avvalroq maʼlum qilgan edi.

Avvalroq “Tottenxem” mutasaddilari “Manchester Siti” vingeri Savio va “Liverpul” hujumchisi Kodi Gakpo bilan bogʻlangan edi. Biroq Football.London nashri bir qator manbalarga tayanib, londonliklarning asosiy maqsadlaridan biri Viktor Osimxen ekanini yozmoqda.

Maʼlum qilinishicha, “Tottenxem” yaqinda nigeriyalik hujumchi uchun 50–55 million funtlik dastlabki taklifni bergan. Ammo «Galatasaroy» oʻz futbolchisini kamida 65 million funtga baholamoqda.

27 yoshli Osimxen oʻtgan mavsum Turkiya chempionatida 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning vaziyatini “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kabi boshqa yirik klublar ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!