“Tottenxem” yana bir “transfer bombasi” tayyorlamoqda

  • 31.07.2026 15:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsum oldidan tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirib borayotgan “Tottenxem” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi klub yana bir katta transferni amalga oshirish arafasida ekanini ma'lum qildi.

Bu yozda “Tottenxem” yangi ijrochilar uchun  allaqachon 237 million funt sarfladi, transfer rekordini ikki marta yangiladi va olti nafar yangi futbolchini tarkibga qo'shib oldi.

Shunga qaramay, De Dzerbi hujum chizig'ini yanada kuchaytirishni istamoqda.

- Men transfer bozorida qaysidir futbolchini xohlasam, akulaga aylanaman. Menga “yo'q” degan javobni berishning imkoni yo'q!

Albatta, biz transfer bozoridagi ishimizni hali tugatmadik. Loyihamiz hozircha transferlar nuqtai nazaridan 60 foizga bajarildi.

Endi yana bir “bomba transfer” bo'ladi!

Umid qilamanki, bu hujumchi bo'ladi. Ammo hali ish yakuniga yetganicha yo'q, - dedi De Dzerbi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!