“Tottenxem” yangi bosh murabbiyni ham haydamoqchi
Angliya Premer-ligasi vakili “Tottenxem” rahbariyati yaqinda tayinlangan bosh murabbiy Igor Tudor bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Agar jamoaning muvaffaqiyatsiz natijalari davom etsa va ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmasa, klub xo‘jayinlari keskin chora ko‘rishi ta’kidlanmoqda.
Indykaila News ma’lumotida keltirilishicha, klubdagi vaziyat boshqaruvni jiddiy tashvishga solmoqda va ular hozirgi natijalardan norozi.
Manbaga ko‘ra, direktorlar kengashining sabri tugab bormoqda va xorvatiyalik murabbiyining kelajagi yaqin o‘yinlar natijalariga bog‘liq bo‘ladi.
Tudor klubni yaqinda qabul qilib olgan bo‘lsa-da, inqirozli vaziyat uning lavozimini xavf ostiga qo‘ymoqda. Klub ichida ta’kidlanishicha, “Tottenxem” moliyaviy va obro‘ nuqtai nazaridan jamoa Premer-ligani tark etishiga yo‘l qo‘ya olmaydi.
Shu sababli rahbariyat keskin choralar ko‘rishga tayyor va Tudorni zudlik bilan ishdan bo‘shatish ehtimoli uchun zahira variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Klub vaziyatni o‘zgartirishga yordam bera oladigan ehtimoliy nomzodlar bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan.
Fikrlar
Tudor horvat emas, Rumin! Ruminiyalik