
"Tottenxem" yozda "Latsio" himoyachisini sotib olmoqchi
Rimning “Latsio” klubi himoyachisi Luis Felipe “Tottenxem”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchini shaxsan “shporlar” ustozi Maurisio Pochettino o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. Ta’kidlash kerakki, argentinalik mutaxassis Felipeni yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Tobi Alderveyreldning o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda.
“Tottenxem”da shuningdek Yoakim Andersen («Sampdoriya») va Maykl Kin («Everton») kabi futbolchilar nomzodi ham mavjud. Biroq, ularning transferi 50 mln evrodan yuqori baholanmoqda. Luis Felipe esa bu borada londonliklar uchun kamchiqim variant hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Felipe joriy mavsum “Latsio” safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar