“Tottenxem” yulduzi “Barselona”ga o‘tmoqchi
"Tottenxem" yarim himoyachisi Xavi Simons Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
EI Nacional xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi joriy mavsum yakunlangach, London klubini tark etmoqchi. Futbolchi o‘zi tarbiyalangan "Barselona"ga qaytishga umid qilmoqda. "Shporlar" o‘z futbolchisini sotishdan 40 million yevro ishlab olmoqchi. Bu summa "ko‘k-anorranglilar" uchun ma’qul hisoblanadi.
Xavi Simons 2025 yilda 65 million yevro evaziga "Leyptsig"dan "Tottenxem"ga o‘tgandi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "shporlar" safida barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar