Transfer oynasi yopiq, lekin "Marsel" futbolchi sotib oldi

"Marsel" klubi "Nant" sardori Valentin Ronjeni sotib oldi.

24 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik bitimga imoz chekdi. Transfer uchun frantsuzlar 13 mln evo to‘lab berishdi.

Ma’lumot uchun, transfer onyasi yopilganidan so‘ng, "Marsel" ushbu xaridni amalga oshirdi. Ushbu klub "joker qoidasi"dan foydalandi.

Avvalroq, Frantsiyada har bir klub uchun sentyabr, oktyabr oylarida bittadan transfer amalga oshirishga ruhsat berilgan va bu "joker qoidasi" deb nomlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!