Transferlar oynasining so‘ngi kunida amalga oshirilgan eng qimmat kelishuvlar bilan tanishing
Transfermarkt statistik portali qishki transferlar oynasining so‘nggi kunida amalga oshirilgan eng qimmat transferlar o‘nligini e’lon qildi. Reytingda "Vulverxempton"dan 49,7 mln yevro evaziga "Kristal Pэlas"ga o‘tgan norvegiyalik hujumchi Yorgen Strann Larsen yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, eng qimmat bitimlar uchligiga "Atalanta"dan "Atletiko"ga 35 mln yevro evaziga nigeriyalik Ademola Lukman va "Monako"dan "Al-Ittixod"ga 33 mln yevro evaziga uning hamyurti Jorj Ilenienaning transferi ham kiritilgan. Aksariyat top-chempionatlarda transfer oynasi 2 fevral, dushanba kuni yopildi.
Transfermarkt talqiniga ko‘ra, qishning eng qimmat transferlari top-10 ligi - 2025/2026:
1. Yorgen Strann Larsen, "Vulverxempton" - "Kristal Pэlas", € 49,7 mln.
2. Ademola Lukman, "Atalanta" - "Atletiko", 35 mln yevro.
3. Jorj Ilenixena, "Monako" - "Al Ittixod", 33 mln yevro.
4. Karim Benzema, "Al-Ittixod" - "Al-Hilol", € 25 mln.
5. Saymon Buabre, "Neom" - "Al-Hilol", 23 mln yevro.
6. Nilson Angulo, "Anderlext" - "Sanderlend", 17,34 mln yevro.
7. Rodrigo Mendosa, "Elche" - "Atletiko", €16 mln.
8. Rudi Matondo, "Oser" - "Parij", 15 mln yevro.
9. Adrian Laxdo, "Xammarbyu" - "Komo", 11,94 mln yevro.
10. Isma’el Kone, "Marsel" - "Sassuolo", € 10 mln.

Fikrlar