Transfermarkt O‘zbekiston Superligasidagi narxlari o‘zgarqan futbolchilarni e’lon qildi

  • 13.05.2026 19:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Transfermarkt O‘zbekiston Superligasida futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi. Yangilanishdan keyin ayrim o‘yinchilarning narxi keskin oshgan bo‘lsa, boshqalarining qiymati pasaydi.

Eng ko‘p qimmatlashgan futbolchi Doston Hamdamov bo‘ldi. Uning transfer bahosi 300 ming evroga oshib, 900 ming evroga yetdi.

Shuningdek, Flamariyon va Chineduning narxi 200 ming evroga ko‘tarildi. Xushvaxtovning narxiga esa 175 ming evro qo‘shildi.

Narkhi eng ko‘p tushgan futbolchi esa Hojimat Erkinov bo‘ldi. Uning bozor qiymati 300 ming evroga pasayib, 1 million evroni tashkil qildi.

Xurshid G‘iyosov 250 ming evro yo‘qotgan bo‘lsa, "Dinamo" futbolchilarining transfer bahosi 200 ming evroga kamaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!