Transfermarkt Ronalduning narxini yana pasaytirdi
Transfermarkt portali Saudiya Arabistoni chempionatida toʻp surayotgan futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi.
Yangilangan maʼlumotlarga koʻra, "An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning transfer bahosi 10 million yevroga tushdi. Avvalroq 40 yoshli futbolchi 12 million yevro deb baholangan edi.
Hozirda Saudiya Arabistonida harakat qilayotgan eng qimmat futbolchi sifatida italyalik hujumchi Mateo Retegi qayd etilmoqda. Transfermarkt uning qiymatini 30 million yevro deb baholagan.
Ikkinchi oʻrinda esa Ronalduning "An-Nasr"dagi jamoadoshi Joau Feliks joylashgan boʻlib, uning transfer qiymati 28 million yevroni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, Krishtianu Ronaldo va Joau Feliks Portugaliya terma jamoasining Jahon chempionati–2026 uchun eʼlon qilingan yakuniy tarkibidan oʻrin olgan.

Fikrlar