Trent "Real" bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
U kam o'ynayapti
Madridning «Real» jamoasida to‘p surayotgan o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold hozircha jamoaning doimiy asosiy o‘yinchisiga aylangan.
28 yoshli futbolchi joriy mavsumda maydonda jami 344 daqiqa o‘ynashga ulgurdi, xolos. Joze Mourinyo uni asosiy tarkibda bor-yo‘g‘i to‘rt marta maydonga tushirgan.
Shunga qaramay, jurnalist Gilyermo Rai ma’lumoticha, angliyalik himoyachi jamoani tark etishni o‘ylayotgani yo‘q. U o‘zini xotirjam his qilmoqda va asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor.
Aleksander-Arnoldning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 60 million evroni tashkil etadi.

Izohlar (0)