Trinkauga APLning top klubidan xaridor chiqdi

  • 30 mart, 17:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sporting" futbolchisi hisoblangan Trinkauga Angliya Premer-ligasining "Manchester Yunayted" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda "Talksport" nashri. 
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ruben Amorimning shaxsan o‘zi ushbu transferni xohlayotganini rahbariyatga bildirgan. Uning Millatlar ligasidagi harakatlari Portugaliyani keyingi bosqichga olib chiqqandan so‘ng unga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. Bundan tashqari, mutaxassis MYuning eng og‘riqli nuqtasi deb qaralgan o‘ng qanot hujumchisiga eng yaxshi asosiy da’vogar deb hisoblanmoqda. 
 
Agarda portugaliyaliklar futbolchi uchun takliflarni ko‘rib chiqmoqchi bo‘lsa, 35 million funt sterlingga qo‘yib yuborishi mumkin. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli o‘yinchi joriy mavsum 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!