
"TsSKA" bugun "Barselona"ga qarshi o‘ynaydi
Basketbol bo‘yicha Evropa ligasining 16-turida Ispaniyaning “Barselona” jamoasi «Palau Blaugrana» saroyida Rossiyaning “TsSKA Moskva” klubini qabul qiladi.
Shuningdek, “Panatinaikos” va “Anadolu Efes” uchrashuvi Gretsiyadagi «Olimpiya sport markazi»da o‘tkaziladi. Bugungi bahslarning so‘nggi o‘yinida Ispaniyaning ikki jamoasi “Unikaxa” va “Valensiya” o‘zaro to‘qnash keladi.
Ertaga, 5 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda “Fenerbaxche” – “Baskoniya”, “Tsrvena Zvezda” – “Jalgiris”, “Olimpiakos” – “Milan”, “Bamberg” – “Ximki” hamda “Real Madrid” – “Makkabi T-A” klublari raqobatlashadi.
Fikrlar