Turk grandi "Milan" futbolchisi uchun 35 million yevro sarflamoqchi

  • 29.12.2025 21:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Milan" hujumchisi Kristofer Nkunku faoliyatini "Fenerbaxche"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Jurnalistning yozishicha, turk grandi forvard uchun 35 million evrodan voz kechishga tayyor. Nkunkuning ijarasi varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Futbolchiga Turkiya klubidan tashqari APL va Bundesliga jamoalaridan ham qiziqish bor.

28 yoshli futbolchining hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 32 million evroni tashkil etadi. Uning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, fransiyalik hujumchi joriy mavsum "rossonerilar" safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!