Turk klubi bosh murabbiyi alamidan iste’fo bervordi
Turkiyaning “Fenerbahçe” klubi bosh murabbiyi Ismoil Kartal UEFA Chempionlar ligasi umumiy guruh birinchi turida “Roma” bilan durangdan so‘ng (1:1) iste’foga chiqdi. O‘yin Istanbuldagi “Ülker Fenerbahçe Şükrü Saraçoğlu” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda bosh hakam vazifasini Xesus Xil Mansano bajardi.
Bahsda hisobni rimliklar vakili Kristante ochdi. Ikkinchi bo‘limda Braun hisobni tenglashtirganiga qaramay, turklar bir ochko bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi.
- Hali imkoniyat bor paytda iste’foga chiqyapman. Bundan keyin hech qachon qaytmaslik sharti bilan. Barchaga hayrli kech tilayman, - dedi turkiyalik bosh murabbiyi matbuot anjumanida.
Ismoil Kartalning iste’foga chiqish sabablari oshkor etilmadi.
Umumiy bosqichning 2-turida “Fenerbahçe” 14 oktyabr kuni “Aston Villa” bilan uchrashadi, “Roma” esa shu kuni Madriddning “Real” klubiga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar