Turk klubi yetti futbolchini tarkibdan chiqardi
Turkiyaning eng mashhur klublaridan hisoblangan “Fenerbahçe»”yaqin bir hafta ichida yetti futbolchi bilan xayrlashishi kutilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, bosh murabbiy Ismoil Kartal ketadigan o‘yinchilar ro‘yxatini ma’qullagan.
“Fenerbahçe” yozgi transferlar oynasi davrida Vedat Muriki, Meyson Grinvud va Romelu Lukaku transferlari bilan e’tiborni tortgan bir paytda, prognozlarga ko‘ra, yaqin bir hafta ichida klubni yetti futbolchi tark etadi.
Ular orasida quyidagi futbolchilar bor:
- Dominik Livakovich;
- Rodrigo Bekao;
- Diego Karlos;
- Jengiz Under;
- Chaglar Sëyundjü;
- Ognen Mimovich;
- Sofyan Amrabat.
Xabarlarga ko‘ra, “Fenerbahçe” bosh murabbiyi Ismoil Kartal ushbu futbolchilarning barchasi jamoadan ketishini ma’qullagan.
Aytilishicha, ayrim futbolchilar yangi jamoalar izlamoqda, boshqalari bo‘yicha esa turli klublarning takliflari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, “Fenerbahçe”ning yosh futbolchisi Emre Demir “Alanyaspor”ga doimiy transfer asosida o‘tgani ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, Diego Karlosning “Komo” klubi bilan kelishuvga erishishiga yaqin ekani haqida ham xabar berildi.

Fikrlar