Turk qar­doshlar yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

  • 29.09.2026 06:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Millatlar ligasi «A» ligasi guruh bosqichi 2-turida Turkiya va Italiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bursadagi «Bursa Büyukshеhir Bеlеdiе» stadionida oʻtkazilgan bahsda italyaliklar 4:1 hisobida gʻalaba qoʻzondi.

9-daqiqada Alessandro Bastoni hisobni ochib, Italiyaning oldinga olib chiqdi. 22-daqiqada Davide Frattеtsi mehmonlarning ustunligini ikki toʻpga yetkazdi.

27-daqiqada Mikaеl Kayodе Italiyaning uchinchi golini urdi. 47-daqiqada Barish Alper Yilmaz Turkiyaning ortda qolishini qisqartirdi.

51-daqiqada Franchеsko Espozito Italiya terma jamoasining toʻrtinchi golini urdi va uchrashuvdagi yakuniy hisobni oʻrnatdi — 4:1.

Guruh bosqichining navbatdagi turida Turkiya 2 oktyabr kuni Bеlgiyа bilan, Italiya esa shu kuni Frantsiya bilan oʻynaydi.

Millatlar ligasining amaldagi gʻolibi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi. Oʻtgan mavsum finalida portugalalar Ispaniyani 2:2 hisobida durangdan soʻng penaltilar seriyasida 5:3 hisobida magʻlub etgan. Qayd etish joiz, Portugaliya Millatlar ligasida ikki marta gʻolib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!