
Turkiya chempionati. Gollar otishmasi bo‘lgan o‘yinda Otabek Shukurov jamoasi mag‘lub bo‘ldi
Turkiya chempionati 9-tur uchrashuvida "Fenerbaxche" "Karagyumryuk"ga qarshi bahs olib borib, 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safidagi gollarga Migel Krespo, Mishi Batshuayi va Enner Valensiya (xet-trik) mualliflik qildi. Andrea Pirlo boshchiligidagi "Karagyumryuk" kiritgan to‘plar esa Kuassi, Burak Kapadjak va Fabio Borini (dubl) kabi futbolchilar nomiga yozildi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Fenerbaxche" hisobidagi ochkolar soni 17 taga etdi va turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Karagyumryuk" esa 6 ochko bilan autsayderlar qatoridan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan legionerimiz Otabek Shukurov 82-daqiqada o‘z o‘rnini Mbaye Dianega bo‘shatib berdi.
Fikrlar