Turkiya chempionati to‘purarlaridan biri La Ligaga yo‘l olishi mumkin

  • 22.12.2025 00:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Galatasaroy" hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

Insayder Radio Mitre ma’lum qilishicha, forvardni ayni vaqtda Ispaniyaning ikki klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ikardining xizmatlaridan "Elche" va "Real Ovedo" jamoalari foydalanishni istayapti. Mauroning Turkiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. 

Argentinalik futbolchining hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 6 million evroga baholanmoqda. 

Ma’lumot uchun, 32 yoshli hujumchi joriy mavsum istanbulliklar safida 22 ta uchrashuvda maydonda harakat qildi va 8 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!