Turkiya Formula-1 taqvimiga qaytdi
Turkiya Gran-prisi yana Formula-1 taqvimiga kiradi va 2027 yilda bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi musobaqa matbuot xizmati.
Bosqichning qaytishi juma kuni Istanbuldagi taqdimotda e’lon qilindi. Tadbirda mamlakat prezidenti Rejep Toyip Erdo‘g‘an, Formula-1 ijrochi direktori Stefano Domenikalli va Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) prezidenti Muhammad bin Sulayem ishtirok etdi.
Ma’lumki, Gran-prini o‘tkazish bo‘yicha shartnoma besh yil muddatga imzolangan. Bosqich avvalroq jahon chempionati poygalariга mezbonlik qilgan "Istanbul Park" trassasida bo‘lib o‘tadi va trassalar rotatsiyasi tizimiga kirmaydi - poyga har yili o‘tkaziladi.
Turkiya Gran-prisi birinchi marta 2005 yilda Formula-1 taqvimiga kiritilgan va 2011 yilgacha o‘tkazilgan. Uzoq tanaffusdan so‘ng, bosqich koronavirus pandemiyasi davrida ikki marta - 2020 va 2021 yillarda chempionatga qaytdi.

Fikrlar